Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Navoiyda qo‘ylar bo‘g‘izlab ketilayotgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

Navoiyda qo‘ylar bo‘g‘izlab ketilayotgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

Xatirchi tumanida fuqarolarga tegishli bo‘lgan qo‘y-echkilarga shoqol (chiyabo‘ri) hujum qilgan.

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 30 boshdan ziyod qo‘yni noma’lum hayvon bo‘g‘izlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Xabarda yozilishicha, 9 iyuldan 10 iyul kuniga o‘tar kechasi tumandagi "Yangirabod" MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning qo‘y-echkilariga shoqol (chiyabo‘ri) hujum qilgan.

Tuman IIB, tuman veterinariya bo‘limi, tuman SEOM bo‘limi hamda tuman obodonlashtirish bo‘limi mas’ul xodimlari mazkur hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganishmoqda.

Ayni paytda 15 bosh qo‘y-echki davolanmoqda. Chiyabo‘rini tutish uchun barcha choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 12:13 11.07.2022. O'qildi: 3942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!