Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Navoiyda noqonuniy oltin qazishga tushgan 3 kishi qutqarib qolindi

Navoiyda noqonuniy oltin qazishga tushgan 3 kishi qutqarib qolindi

Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda oltin qazishga uringan 3 nafar fuqaro qazilgan chuqurlikda tuproq ostida qolib ketdi. Ularning barchasi qutqaruvchilar va mahalliy aholi sa’y-harakatlari bilan tirik holda olib chiqildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 7 iyul kuni soat 04:22 larda Xatirchi tumanidagi "Angidon" mahallasiga qarashli Quvray qishlog‘i tog‘ hududida sodir bo‘lgan.

Unga ko‘ra, 4 nafar fuqaro noqonuniy ravishda oltin qazib olish maqsadida kon hududiga borgan. Ularning 3 nafari noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketib, tuproq ostida qolgan. Tashqarida qolgan to‘rtinchi shaxs zudlik bilan atrofdagilar va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar bergan.

Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelgunga qadar mahalliy aholi va haligi fuqaro chuqurlikda qolganlardan birini olib chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari esa hodisa joyiga tezkor yetib borib, tuproq ostida qolgan yana ikki nafar fuqaroni qutqarib olgan.

Qutqarilgan fuqarolarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilib, keyinchalik tegishli tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

Kiritildi: 15:15 07.07.2026. O'qildi: 1401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!