Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Navoiyda nogironligi bor shaxsga qamoq jazosi berilgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Navoiyda nogironligi bor shaxsga qamoq jazosi berilgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Navoiy viloyatida II guruh nogironligi bor shaxsga qonunga xilof ravishda 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Bu haqda advokat Abdumalik Abdullayev o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Advokatning aytishicha, joriy yilning aprel oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tuman sudi raisi Adiz Avezov raisligida o‘tkazilgan sud ishida fuqaro Laziz Sattarov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188 prim 2-moddasi (voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish) va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Biz Laziz Sattarov bilan suhbatlashganimizda bildirishicha, o‘sha kungi sud majlisida raislik etuvchi sud majlisini ochiq deb e’lon qilish bosqichidanoq prosessual tartibga uning o‘zi rioya qilmagan. Ya’ni majlisni ochiq deb e’lon ham qilmasdan, na o‘zini, na sud tarkibini tanishtirgan.

Eng qizig‘i esa unga faqatgina qo‘yilgan ayblarga munosabatini aytish uchungina qisqa imkon berib, shaxsini tasdiqlatib olishga qaratilgan birorta savol bermagan va unga ham o‘zi haqida ma’lumot berishiga imkon bermagan. Xalqchil tilda aytganda, Laziz Sattarovga og‘iz ochirmagan, deydi Abdumalik Abdullayev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Laziz Sattarov haqiqatda II guruh nogironi va amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 29-moddasi 2-xatboshiga ko‘ra, bunday toifadagi shaxsga nisbatan u sodir etgan ma’muriy huquqbuzarlikning soni va turidan qat’i nazar, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin emas. Sud qarori keyinchalik yuqori instansiya sudi tomonidan bekor qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining izoh berishicha, holat Navoiy viloyat sudi tomonidan o‘rganilmoqda va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: Bugun 11:36. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!