Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Navoiyda ko‘tarma kran qulab tushdi. Bir kishi jarohatlandi

A A A
Navoiyda ko‘tarma kran qulab tushdi. Bir kishi jarohatlandi

Bugun soat 16:00larda Navoiy shahri, Yoshlik mahallasida  “Shohjahon shamshiri” MCHJ tomonidan ko‘p qavatli uylar qurilishida jalb etilgan kran qulab tushgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga asosan xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kran boshqaruvchisi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Holat bo‘yicha yana qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Kiritildi: 17:51 26.01.2021. O'qildi: 2169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!