Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Navoiyda ikki advokatning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi

Navoiyda ikki advokatning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi

Bugungi kunda jamiyatni jinoyatchilik illatidan tozalash, unga qarshi kurashish borasida Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan muntazam ravishda faol tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Navoiy shahridagi advokatlar hay’ati advokati “H.Q.” mahalliy fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan qo‘zg‘atilib, tergov qilinayotgan jinoyat ishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qiladi.

Advokat so‘ralgan pul mablag‘idan 7500 AQSh dollarini olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida “H.Q.” 7500 AQSh dollaridan 1500 AQSh dollarini o‘zining ulushi sifatida olib, qolgan qismini hamkasbi - Navoiy shahridagi advokatlik firmasi advokati “F.N.”ga berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, “F.N.” 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan “H.Q.” va “F.N.”larga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:01 21.09.2022. O'qildi: 1494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!