Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiyda farzandiga kasallik varaqasini berish uchun onasini jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan shifokor qo‘lga olindi

Navoiyda farzandiga kasallik varaqasini berish uchun onasini jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan shifokor qo‘lga olindi

Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Nevrologiya bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan K.R tibbiyot xodimiga noloyiq xatti-harakatalarni sodir etib, o‘z shahvoniy hirsini qondirish maqsadida bo‘limda davolanish uchun yotgan ikkinchi guruh nogironi G.I ning onasi T.L ni farzandining davolanganligi bo‘yicha bir yarim oy davomida kasallik varakasi(ko‘chirma)ni bermasdan kelayotganligi, qarshiligiga qaramasdan kasallik varaqasini berish uchun u bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 2022 yilning 12 fevral Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy shahar Guliston-2 MFY 2-uyning beshinchi qavatidagi raqamsiz xonadonga K.R o‘zi bilan T.L ni olib kirgan vaqtida ushlandi.

Jinoyat Kodeksining 121-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatalari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:00 25.02.2022. O'qildi: 9999 marta. Fikrlar soni: 15 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!