Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda bir tup qurigan daraxtini ruxsatnomasiz kesgan fuqaroga 8 mln so‘m jarima belgilandi

Navoiyda bir tup qurigan daraxtini ruxsatnomasiz kesgan fuqaroga 8 mln so‘m jarima belgilandi

Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Xatirchi tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbir davomida tuman hududida yashovchi fuqaro U.X tomonidan tumaning «Alisher Navoiy» MFY hududida bir tup qurigan tol daraxtini ruxsatnomasiz kesib tashlanganlik holati aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, 8 mln 500 ming so‘m jarima belgilangan.

Kiritildi: 10:56 16.07.2024. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!