Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Zohirshoh Jo‘rayev: "Sud qaroriga qo‘shilmaymiz. Kerakli joylarga murojaat qilamiz" (VIDEO)

Zohirshoh Jo‘rayev: "Sud qaroriga qo‘shilmaymiz. Kerakli joylarga murojaat qilamiz" (VIDEO)

Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayev marhum otasi bilan bog‘liq voqealar haqida fikr bildirdi.

Ma’lumot uchun, yaqinda xonanda Botir Qodirov Sherali Jo‘rayev otasi ekanligini aytgan va bu bo‘yicha sudda yutib chiqqandi.

"Kimlardir otamning nomini bulg‘ash orqali sizlarni sal chalg‘itmoqchi bo‘layotgandir balki. Bu ishlarning ortida kimlar turibdi, nima maqsadda qilinyapti, tagiga yetamiz. Otamni haqorat qilib, nomard deganlar endi farzandlikka da’vo qilyapti. Otamning gaplari biz uchun qonun edi, bu masalani ommaga olib chiqishni istamagandik. Lekin endi parda ko‘tarildi, bir gapni aytishim kerak. Bu gaplar mening gapimmas, otamning gaplari. Bundan bir necha yil avval otam vodiyda bir gapni aytganlar. "Sizlar aytayotgan bola mening bolammas. Bu bolani avval boshqalarning ham oldiga olib borib, bu sening bolang deyishgan. Mening ikki o‘g‘lim va bir qizim bor", deganlar. Men bu bilan kimningdir nafsoniyatiga tegmoqchi emasman, — dedi Zohirshoh. — Bu gapning o‘zi yetarli bo‘lishi kerak edi. Otamning o‘zi mening bolammas deb tan olmayaptimi, men bu narsaga aralasha olmayman, otamga qarshi bora olmayman. Bu otam va Alloh o‘rtasidagi haqiqat. Qanday qaror chiqarilishidan qat’i nazar, biz otamizning fikriga qarshi bora olmaymiz".

Zohirshoh sud qaroriga qo‘shilmasligini, chunki sud to‘plangan va aniqlangan holatlarga tayanib qabul qilmaganini, da’vogarning gaplari o‘z isbotini topmaganini aytib o‘tdi.

"Soxta amma, soxta qarindoshlar chiqib keldi. Belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat qilamiz. Otam tan olmagan narsani biz farzandlar hech qachon tan ololmaymiz", — dedi Zohirshoh Jo‘rayev.

Kiritildi: 16:48 12.09.2024. O'qildi: 6904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!