G‘arbning uzoq masofali qurollari bilan Rossiya hududiga chuqur zarba berish qarorining to‘xtab qolgani Ukraina Qurolli Kuchlarining jang maydonidagi xatolari bilan bog‘liq
Buhaqda Le Monde xabar berdi.
Xususan, bunday xatolardan biri sifatida Kursk viloyatiga qilingan hujum tilga olinadi.
"Hujum Ukrainaning G‘arbdagi sheriklarini hayratda qoldirdi. Ular endi Kiyevdan mojarodagi strategiyasini aniqlashtirishni talab qilmoqdalar", deb yozadi gazeta.
Nashrning qayd etishicha, G‘arb davlatlari mojaro Ukrainadan tashqariga, xususan, Polsha va Latviyaga ham tarqalishidan xavotirda.