Navoiy viloyatining Navbahor va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanlarida yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Navbahor tumanida fuqaro Z.B. Karmana tumani, “Kumushkon” MFY hududidagi 15 sotix yerni go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.Q.ning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 217 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Chimboy tumanida fuqaro U.SH. “Kenes” OFY hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 56 gektar yerni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro X.I.ning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, undan 54 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.