Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Navoiyda 1000 dollar evaziga IIOga ishga kiritish va «prava» olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Navoiyda 1000 dollar evaziga IIOga ishga kiritish va «prava» olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Zarafshon shahrida fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish va haydovchilik guvohnomasini sinovsiz olib berishni va’da qilgan 1994 yilda tug‘ilgan shaxs ushlandi.

U «xizmatlari» uchun 1000 AQSh dollari talab qilgan va pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan. Gumonlanuvchi aybini tan olgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:24. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!