Joriy hafta davomida Navoiy viloyatida havo haroratining 44–45°S gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan, tuman (shahar) hokimlarining farmoyishiga asosan quyidagi hududlardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi:
Uchquduq tumani — 2026 yil 14 iyuldan 17 iyulgacha;
Nurota tumani — 2026 yil 14 iyuldan 17 iyulgacha;
Tomdi tumani (2-, 4-, 5-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) — 2026 yil 14 iyuldan 17 iyulgacha;
Konimex tumani (1-,2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-,13-,14-,15-,16-,17-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) — 2026-yil 14 iyuldan 17 iyulgacha.
Viloyatning boshqa hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari hamda zarur shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
Mazkur qaror maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini anomal issiqning salbiy ta’siridan himoya qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 2026 yil 20 iyul (dushanba) kunidan boshlab odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi.