Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Navoiy viloyatida suv quvurlarini arzon baholarda sotib, talon-toroj qilgan mansabdor shaxslar aniqlandi

Navoiy viloyatida suv quvurlarini arzon baholarda sotib, talon-toroj qilgan mansabdor shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.” AJ (davlat ulushi 30,8%) mansabdor shaxslari byudjet oldidagi juda ko‘p miqdordagi soliq qarzini to‘lamaslik maqsadida, jamiyat ta’sischiligi ostida “E.S.” MCHJni tashkil qilib, shu orqali barcha moliyaviy operasiyalarni amalga oshirib kelganligi, shuningdek jamiyatga tegishli 7100 metr quvur liniyasini arzon narxlarda baholatib, sotib yuborishi natijasida davlat manfaatlariga 285,5 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Kiritildi: 13:41 02.04.2021. O'qildi: 2031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!