Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Navoiy viloyatida 30 gektar yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan MCHJ rahbari ushlandi

A A A
Navoiy viloyatida 30 gektar yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan MCHJ rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.N.” MCHJ rahbari J.A. korxonaga Nurota tumani hududidan ijara shartnomasi asosida ajratilgan 30 gektar yer maydonini fuqaro K.X.ga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 350 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov haraktlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:27 14.01.2025. O'qildi: 1269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!