Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Navoiy shahrida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Navoiy shahrida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan SH.J. fuqaro K.X.ga jami 5 000 AQSh dollarini 63,3 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 1 900 AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.O‘. va S.A. fuqaro N.F.ga jami 3 000 AQSh dollarini 37,9 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:20 08.08.2024. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!