Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti tashkil etildi

A A A
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti tashkil etildi

“Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–186-son, 31.03.2022 y.) qabul qilindi

Qaror bilan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi.

Universitetda sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.

Qarorga ko‘ra, Universitet huzurida quyidagilar tashkil etildi:
▫️Nukus konchilik instituti;
▫️“Navoiy” ilmiy-texnologiya sanoat parki;
➖2022/2023 o‘quv yilida:
▫️Karmana politexnika texnikumi;
▫️G‘ozg‘on politexnika texnikumi.

Universitet huzuridagi texnikumlarda sanoat, konchilik, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish, energetika, elektrotexnika, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Universitet yuqori kurs talabalari ish haqi to‘lanadigan tizim orqali band qilinadi, jumladan amaliyot o‘tashda haq to‘lash tizimini joriy etish choralari ko‘riladi.

Universitetda 2023/2024 o‘quv yilidan texnika yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 14:31 02.04.2022. O'qildi: 6533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!