O‘ldirilgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning qizi - Darya bir necha oydan buyon AQSh prezidentligiga nomzod Kamala Xarrisning saylov shtabida ishlaydi.
Tegishli ma’lumotlar uning Linkedin ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy blogida joylashtirilgan.
Uning vazifalariga ko‘ngillilar bilan muloqot qilish va ularga rahbarlik qilish kiradi.
23 fevral kuni AQSh prezidenti Jo Bayden San-Fransiskoda Aleksey Navalniyning bevasi va qizi bilan uchrashdi. Siyosatchi Yuliya va Darya Navalniyga hamdardlik bildirib, uning "meroslari yashashda davom etishini" ta’kidladi.