Vladimir oblastining Petushinskiy sudi hozirda vafot etgan muxolifatchi Aleksey Navalniyning uch sobiq advokati — Vadim Kobzev, Aleksey Lipser va Igor Serguninni «ekstremistik hamjamiyatda» ishtirok etish ishi bo‘yicha uch yarim yildan besh yarim yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi.
Vadim Kobzev 5,5 yil, Aleksey Lipser besh yil, Igor Sergunin esa uch yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Ëpiq sud majlisidagi eshituvlar 24 dekabr kuni yakunlandi. 10 yanvar kuni advokatlar so‘nggi so‘zlarni aytishdi.
Advokatlarga hukm 10 yanvar kuni chiqishi kerak edi, keyin 17 yanvarga qoldirildi.
«Navalniyning advokatlari ustidan hukm 17 yanvar kuni soat 10:00 da e’lon qilindi. Navalniy Rossiyaga qaytib kelgan va qamoqqa olingan kun. Menga aytingchi, bu tasodifmi?» — dedi FBK direktori Ivan Jdanov bu borada.