NATO bosh kotibi Mark Ryutte Polsha havo hududida yaqinda sodir bo‘lgan dronlar bilan bog‘liq hodisaga javoban alyansning sharqiy qanoti mudofaasini kuchaytirishga qaratilgan "Sharqiy qo‘riqchi" tashabbusi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda NATOning Yevropadagi kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksus Grinkevich bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilindi:
Ushbu harbiy faoliyat yaqin kunlarda boshlanadi va Daniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya hamda boshqa ittifoqchilarning turli resurslarini o‘z ichiga oladi.
Ryuttening ta’kidlashicha, tashabbusning amalga oshirilishi NATO mavqeiga moslashuvchanlik va kuch bag‘ishlaydi hamda mudofaa ittifoqi sifatida o‘zini himoya qilishga tayyorligini aniq namoyon etadi.
"Mening fikrimcha, "Sharqiy qo‘riqchi" alyansning Uzoq Shimoldan to Qora dengiz va O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan butun sharqiy qanotini qamrab oladi," - deya qo‘shimcha qildi Grinkevich.
Ushbu tashabbus 10 sentyabrga o‘tar kechasi Polsha o‘z havo hududida Rossiya dronlarini urib tushirgani haqida xabar bergan voqeaga javob tariqasida ishlab chiqildi.