Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

NATO Tramp bilan kelishmovchiliklar sababli har yillik sammitlardan voz kechmoqchi

NATO Tramp bilan kelishmovchiliklar sababli har yillik sammitlardan voz kechmoqchi

Bu haqda Reuters xabar bredi.

​Shimoliy Atlantika alyansi har yili sammit o‘tkazish amaliyotini to‘xtatishni ko‘rib chiqmoqda. Agentlikning oltita manbasiga ko‘ra, bu qaror Donald Tramp prezidentlik muddatining so‘nggi yilida u bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli uchrashuvlarning oldini olishga xizmat qiladi.

​Tramp ma’muriyati alyans a’zolarini mudofaa xarajatlari kamligi va Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi amaliyotlarida yetarlicha yordam bermayotgani uchun bir necha bor keskin tanqid qilgan edi. Shu sababli, ba’zi diplomatlar sammitlarni ikki yilda bir marta o‘tkazishni taklif qilmoqda.

​Rejaga ko‘ra, 2027 yilgi Albaniya sammiti kuzga surilishi, 2028 yilda esa Qo‘shma Shtatlardagi saylovlar va Trampning faoliyatidagi oxirgi muddatini inobatga olib, umuman sammit o‘tkazilmasligi mumkin.

Tahlilchilarning fikricha, uchrashuvlar sonini kamaytirish alyansga "shov-shuvli" bayonotlarga chalg‘imasdan, diqqatni asosiy xavfsizlik masalalariga qaratish imkonini beradi. Yakuniy qarorni esa NATO Bosh kotibi Mark Ryutte qabul qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!