Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

NATO Shimoliy Yevropa mudofasini boshqarish shtabini Niderlandiyadan AQShga ko‘chirmoqda

NATO Shimoliy Yevropa mudofasini boshqarish shtabini Niderlandiyadan AQShga ko‘chirmoqda

5 dekabrdan boshlab Daniya, Shvesiya va Finlandiya mudofasini rejalashtirish uchun Niderlandiyaning Bryunsyum shahridagi operativ shtab o‘rniga Qo‘shma Shtatlarning Norfolk shahridagi qo‘mondonlik javobgar bo‘ladi, deya xabar bermoqda nashr NATO'ning rasmiy bayonotiga tayanib.

Alyansning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari qo‘mondoni Aleksus Grinkevich bu qarorni "Evroatlantika mintaqasini va alyansning Shimoldagi pozisiyasini mustahkamlash zarurati" bilan izohladi.

Norfolkdagi NATO shtabi Atlantika okeani, Arktika, Grenlandiya, Islandiya, Norvegiya va Buyuk Britaniyaning xavfsizligi uchun mas’ul hisoblanadi.

Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarining mudofa masalalarini esa NATO'ning Bryunsyum shtabi boshqarishda davom etadi.

Kiritildi: Bugun 14:28. O'qildi: 142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!