Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

NATO: Rossiya sentyabr oyida 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchisini yo‘qotgan

NATO: Rossiya sentyabr oyida 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchisini yo‘qotgan

NATO vakilining Bloomberg nashriga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi 2026 yil sentyabr oyida 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchisini yo‘qotgan. Ularning 28 ming nafargachasi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Alyans vakili sentyabr oyini Rossiya qo‘shinlari uchun yil boshidan buyon eng katta yo‘qotishlar kuzatilgan davr sifatida baholagan.

Manbaga ko‘ra, shu davrda Ukraina armiyasining halok bo‘lgan va yaralangan harbiylari soni taxminan 5 ming kishini tashkil etgan. Bu Rossiya qo‘shinlarining yo‘qotishlari Ukraina tomoninikidan qariyb 10 baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Ukraina Bosh shtabi esa sentyabr oyida Rossiya 46 230 nafar harbiy xizmatchisini yo‘qotganini bildirgan. Biroq ushbu raqamda halok bo‘lganlar soni alohida ko‘rsatilmagan. Ukraina tomonining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya armiyasining oylik yo‘qotishlari yanvardagi 31 710 kishidan sentyabrda 46 230 kishigacha oshgan.

Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 2022 yil fevralida boshlangan keng ko‘lamli bosqindan buyon jami qariyb 1,55 million harbiy xizmatchisini yo‘qotgan. Bu ko‘rsatkich halok bo‘lganlar, yaralanganlar, bedarak yo‘qolganlar va asirga tushganlarni qamrab oladi.


Kiritildi: 21:10 12.10.2026. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!