Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

NATO Rossiya hujumlariga nisbatan “qat’iyroq choralar”ni ko‘rib chiqmoqda

NATO Rossiya hujumlariga nisbatan “qat’iyroq choralar”ni ko‘rib chiqmoqda

NATO Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan kiberhujumlar, sabotajlar va havo hududi buzilishlariga qarshi “yanada keskin” choralar ko‘rish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda NATO Harbiy qo‘mitasi raisi Juzeppe Kavo Dragonega tayanib Financial Times xabar berdi.

Dragonega ko‘ra, alians hozircha kiber makonda asosan hujumlarga javob qaytarish bilan cheklanmoqda, ammo Rossiya faoliyati fonida “yangi, agressivroq yondashuv” zarur bo‘lishi mumkin.

U shu bilan birga huquqiy cheklovlar borligini ta’kidladi: oldindan zarba berishni “mudofaa chorasi” sifatida baholash mumkin bo‘lsa-da, bu NATO prinsiplariga mos kelmasligi mumkin.

Rossiya esa Yevropa hududida qayd etilgan dronlar, kiberhujumlar va qo‘poruvchiliklarga aloqadorligini rad etmoqda.

Kiritildi: 14:56 01.12.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!