NATO Germaniyaning mudofaa konserni Rheinmetalldan 120 mmli tank snaryadlarini taxminan 200 mln yevro qiymatda xarid qildi.
Xabarlarga ko‘ra, buyurtma 2025 yilda tuzilgan ramkali kelishuv doirasida amalga oshirilgan. Unga muvofiq, NATO Support and Procurement Agency (NSPA) 120 mmli tank o‘q-dorilarining ilk partiyasini buyurtma qilgan.
Rheinmetall ma’lumotiga ko‘ra, mazkur kelishuv blokka a’zo davlatlarga o‘q-dorilarni soddalashtirilgan tartibda, bevosita NSPA orqali buyurtma qilish imkonini beradi.