Finlandiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, yangi bo‘linma alyansning mintaqadagi qo‘shma amaliyotlarini boshqarishda asosiy elementga aylanadi. Bu bo‘yicha yakuniy qaror 2026 yil fevral oyida NATO mudofaa vazirlari uchrashuvida qabul qilinishi rejalashtirilgan.
"Bo‘linmani boshqarish tizimi Finlandiyada mavjud bo‘lgan NATO tuzilmalarining samaradorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, u Finlandiya va alyansning milliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlanmalarining o‘zaro mosligini ta’minlash imkonini beradi", deyiladi vazirlik bayonotida.