Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

NATO Yevropadagi harbiy ishtirok bo‘yicha bahslar fonida Kosovodagi qo‘shinlari sonini qisqartirmoqda

NATO Yevropadagi harbiy ishtirok bo‘yicha bahslar fonida Kosovodagi qo‘shinlari sonini qisqartirmoqda

NATO Yevropadagi harbiy ishtirok bo‘yicha bahslar fonida Kosovodagi qo‘shinlari sonini qisqartirmoqda – The Insider.

Nashrning yozishicha, alyans qisman tan olingan ushbu respublikada xavfsizlik sohasidagi vaziyat barqaror yaxshilanib borayotganini vaj qilib, Kosovodagi qo‘shinlari sonini qisqartirishini e’lon qildi.

"Kosovoda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat umuman olganda barqaror qolayotgani sababli, alyans KFOR kuchlari ishtirokini optimallashtiradi va kelgusi yil davomida ularning sonini bosqichma-bosqich moslashtirib boradi", deyiladi bayonotda.

Aynan qancha harbiy xizmatchi olib chiqib ketilishi hozircha noma’lum, chunki NATO tafsilotlarni ochiqlamagan. Shu bilan birga, alyans o‘zi uchun "strategik ahamiyatga ega" bo‘lgan ushbu mintaqada "xavfsizlik bo‘shlig‘i paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini" bildirgan.

Optimallashtirish joylardagi vaziyatga qarab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va agar xavfsizlik bilan bog‘liq voqealar talab qilsa, bu jarayon ortga qaytarilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Kosovoda NATO davlatlari va hamkor mamlakatlardan kelgan 4600 nafar askar bor. Eng katta kontingentlar hozirda Italiya (907), AQSh (590), Vengriya (408) va Turkiyaga (382) tegishli. Alyans qo‘shinlari Serbiyaning sobiq avtonom o‘lkasi bo‘lgan Kosovoda 1999 yilning iyun oyidan buyon joylashtirilgan.

O‘shanda Kumanovo harbiy-texnik kelishuvi imzolanib, u Kosovodagi etnik tozalashlar fonida Serbiyaning 78 kunlik bombardimon qilinishiga chek qo‘ygan edi. NATO kuchlarining Kosovodagi mandati BMT Xavfsizlik Kengashining 1244-sonli rezolyusiyasiga asoslanadi.

Kiritildi: Bugun 20:41. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!