Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari Nurbek Turdiyev tomonidan xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holati tasdiqlangan.
Shu sababli mansabdor shaxsga 41 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Shuningdek, uning haqoratli xatti-harakatlari yuzasidan masala Odob-axloq komissiyasida ko‘rib chiqilishi uchun viloyat hokimligiga tegishli taqdimnoma kiritilgan.
Holat bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.