Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

NATO davlatlarining dronlarga qarshi kurashda qimmat raketalardan foydalanishga qurbi yetmaydi

NATO davlatlarining dronlarga qarshi kurashda qimmat raketalardan foydalanishga qurbi yetmaydi

NATOga a’zo davlatlar o‘z havo kengliklariga kirib kelishi mumkin bo‘lgan dronlarga qarshi turish uchun qimmatbaho qiruvchi samolyotlar va raketalardan foydalanishga qurbi yetmaydi.

Bu haqda Financial Times (FT) g‘arb diplomatlariga tayanib xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, bir nechta dron to‘dalarining narxi taxminan 20 ming dollarni tashkil qiladi, havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar esa 500 ming dollar turadi, bitta qiruvchi samolyotning narxi esa 100 million dollardan oshishi mumkin.

10 sentyabr kuni ertalab Polsha armiyasi operativ qo‘mondonligi mamlakat havo hududiga bostirib kirgan bir qancha ob’ektlar yo‘q qilingani haqida ma’lum qildi. Ular dron ekanligi aniqlangan. Bosh vazir Donald Tuskning so‘zlariga ko‘ra, 9 sentyabrdan 10 sentyabrga o‘tar kechasi mamlakat havo hududining 19 ta buzilishi qayd etilgan. Hodisaga javoban NATO Polsha iltimosiga binoan Shimoliy Atlantika Shartnomasining 4-moddasiga asoslanib, ittifoq a’zolari o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazishga kirishdi.

Kiritildi: 10:45 20.09.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!