Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

NATO bosh kotibi va Polsha bosh vaziri ham Tramp bilan Ukraina muzokaralarida ishtirok etadi

NATO bosh kotibi va Polsha bosh vaziri ham Tramp bilan Ukraina muzokaralarida ishtirok etadi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte, Polsha bosh vaziri Donald Tusk va Yevropaning boshqa yetakchilari 13 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha onlayn muzokaralarda ishtirok etadi.

Bu haqda xorijiy OAVlar xabar bermoqda.

Uchrashuv Germaniya kansleri Fridrix Mers tashabbusi bilan 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadigan AQSH-Rossiya sammiti oldidan bo‘lib o‘tadi.

Bir necha raundda o‘tkaziladigan muzokaralarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ham ishtirok etadi. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Kaya Kallas avvalroq ta’kidlaganidek, Yevropa yetakchilari Trampni “Evropa va Ukraina manfaatlarini himoya qilishga” chaqirib, Moskvaga yon bermay, bosim tilini qo‘llash niyatida.

Kiritildi: 08:10 13.08.2025. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!