Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

NATO bosh kotibi Ukrainaga har yili YAIMning 0,25 foizi miqdorida majburiy yordam ajratishni taklif qildi

NATO bosh kotibi Ukrainaga har yili YAIMning 0,25 foizi miqdorida majburiy yordam ajratishni taklif qildi

Mark Ryutte alyansga a’zo mamlakatlar zimmasiga Ukrainaga ko‘mak berish uchun har yili o‘z yalpi ichki mahsulotining (YAIM) 0,25 foizini ajratish majburiyatini yuklash tashabbusi bilan chiqdi.

Bu haqda Politico nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ushbu tashabbus Kiyevni qo‘llab-quvvatlash jarayonini doimiy va uzoq muddatli qilishga qaratilgan. Nashrning yozishicha, agar ushbu taklif ma’qullansa, Ukrainaga beriladigan yillik yordam miqdori 143 milliard dollargacha ko‘tarilishi mumkin.

Shu bilan birga, ushbu taklif allaqachon bir qator davlatlar, jumladan Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan qarshilikka uchradi.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!