Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

NATO Bosh kotibi: "Ukraina Rossiya bilan muzokara olib borishga qodir emas"

NATO Bosh kotibi: "Ukraina Rossiya bilan muzokara olib borishga qodir emas"

Ukraina hozirda Rossiya bilan "kuchli pozisiyadan" muzokara olib borish imkoniyatiga ega emas.

Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Bryusselda Yevroparlamentdagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.

Shuningdek, u NATOga a’zo davlatlar mudofaa uchun avval kelishilgan YAIMning 2 foizidan sezilarli darajada ko‘proq mablag‘ sarflashi kerakligini aytdi.

"Ochig‘ini aytganda, yalpi ichki mahsulotning 2 foizi yetarli emas. Kelgusi yillarda ittifoqchilar xavfsizlikni saqlash uchun sezilarli darajada 2 foizdan ko‘proq mablag‘ sarflashlari kerak. Kuchli mudofaa - bizning ustuvor vazifamiz. Bu ko‘proq mablag‘ sarflash va ko‘proq ishlab chiqarishni anglatadi. Va bu urushning oldini olish, birini boshlamaslik uchun" - dedi Ryutte.

Kiritildi: 22:35 13.01.2025. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!