Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

NATO bosh kotibi Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronni G‘arb uchun xavf deb atadi

NATO bosh kotibi Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronni G‘arb uchun xavf deb atadi


Mark Ryuttening ta’kidlashicha, NATO vaqtni boy bermasligi, har qanday tahdidlarga qarshi tayyorgarlikni saqlab qolish uchun zarur salohiyatga hoziroq ega bo‘lishi kerak.

"Rossiya milliy byudjetining qariyb yarmini harbiy mashinasiga yo‘naltirmoqda. Tasavvur qiling, Rossiya sarflayotgan mablag‘larning deyarli 50 foizi urush sanoatiga ketmoqda. Uning mudofaa sanoati kecha-kunduz ishlamoqda. Nafaqat mudofaa sohasi, balki Rossiyaning boshqa sanoat tarmoqlari ham urush harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Xitoy qurolli kuchlarini modernizasiya qilishda va yadroviy salohiyatini oshirishda davom etmoqda.

Shimoliy Koreya esa yadroviy dasturini kengaytirmoqda, shuningdek, Rossiyaga qurollar yetkazib berishlarni davom ettirmoqda.

So‘nggi harakatlar Eronning yadroviy va ballistik raketa dasturlariga sezilarli zarar yetkazgan bo‘lsa-da, biz hushyorlikni saqlashimiz lozim.

Bu davlatlar tobora ko‘proq hamkorlik qilmoqda. Bu esa barchamizni tashvishga solishi shart. Ishonchim komilki, ularning maqsadi bizning manfaatlarimiz uchun ijobiy bolmaydi", — dedi NATO bosh kotibi.

Kiritildi: 20:38 07.07.2026. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!