Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Ukraina bo‘yicha onlayn-uchrashuvda ishtirok etadi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Ukraina bo‘yicha onlayn-uchrashuvda ishtirok etadi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte ertaga Ukrainadagi vaziyatga bag‘ishlangan onlayn-muloqotda ishtirok etadi. Bu haqda alyans matbuot xizmati «Anadolu» agentligiga ma’lum qildi.

Uchrashuv Germaniya kansleri Fridrix Mers taklifiga binoan o‘tkaziladi. Berlin ma’lumotiga ko‘ra, 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan muhokamalarga AQSh prezidenti va vise-prezidenti, Yevrokomissiya va Yevropa kengashi raislari, shuningdek, Finlyandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha va Ukraina rahbarlari ham taklif etilgan.

Yig‘ilish 15 avgustga belgilangan AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralardan ikki kun oldin o‘tkaziladi. Qatnashchilar ehtimoliy tinchlik muzokaralariga tayyorgarlik va xavfsizlik kafolatlarini muhokama qiladi.

Kiritildi: 17:47 12.08.2025. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!