Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte ma’lum qildi.
"Albatta, biz saylovlarga har qanday aralashuvni qoralaymiz. Biz Moldovada sodir bo‘lgan voqealardan xavotirdamiz, natijadan mamnunmiz, ammo yaqqol aralashuv bo‘ldi. Shu bilan birga, bu davlat hokimiyati saylovlarni o‘zining demokratik tamoyillari asosida o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi", — dedi Mark Ryutte.
NATO bosh kotibiga ko‘ra, u Gruziyada sodir bo‘layotgan voqealardan ham xavotirda.
"Gruziyaga kelsak, albatta, biz Gruziyaning o‘zida sodir bo‘layotgan voqealardan xavotirdamiz. Biz voqealarni kuzatmoqdamiz. Biz bu davlatni Yevropa Ittifoqi va NATO bilan Yevro-Atlantika integrasiyasi yo‘liga qaytishga chaqiramiz. Biz Gruziyadagi voqealardan xavotirdamiz va kuzatyapmiz. Saylov jarayoniga kimningdir aralashuviga kelsak, buni qabul qilib bo‘lmaydi”, - dedi Mark Ryutte.