"Trampning xabari mutlaqo to‘g‘ri", — dedi Mark Ryutte Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Germaniyaning ARD jamoat-huquqiy mediakompaniyasi bergan savoliga javoban. Ryutte qo‘shimcha tafsilotlarni keltirmadi va muhokamalar davom etayotganini bildirdi.
Keyinroq Ryuttening matbuot kotibi u Tramp bilan Arktika mintaqasi xavfsizligi mavzusida “juda ijobiy” uchrashuv o‘tkazganini bildirdi. Ma’lum qilishicha, NATO ittifoqchilari o‘rtasida Tramp tilga olgan shartlar bo‘yicha muzokaralar Arktika xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi — ayniqsa AQSH, Kanada, Daniya, Norvegiya, Shvesiya, Finlandiya va Islandiyaning sa’y-harakatlari orqali.
"Daniya, Grenlandiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar Rossiya va Xitoy u yerda na iqtisodiy, na harbiy jihatdan mustahkamlanishiga kafolat berish maqsadida davom etadi", — dedi Ryuttening matbuot kotibi.