Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

NATO Boltiq dengizida «Sovuq shamollar» mashg‘ulotlarini boshladi

NATO Boltiq dengizida «Sovuq shamollar» mashg‘ulotlarini boshladi

Finlyandiya va Estoniyaning Boltiq dengizi akvatoriyasidagi hududiy suvlarida NATO mashg‘ulotlari boshlandi.

Finlyandiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 2025 yil 24 noyabrdan 4 dekabrgacha Finlyandiya janubidagi Arxipelag dengizi (Boltiq dengizining bir qismi)da va Fin ko‘rfazi etagida Harbiy-dengiz kuchlari boshchiligidagi «Freezing Winds 25» («Sovuq shamollar-25») harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Qurol kuchlar va kemalar Estoniyaning hududiy suvlaridan ham foydalanadi.

«Sovuq shamollar» mashg‘ulotlarida Finlyandiyaning Shimoliy Atlantika alyansidagi ittifoqchilari — Belgiya, Daniya, Germaniya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Polsha, Fransiya, Estoniya va AQShning 20 ta harbiy kemasi hamda NATOning minalarga qarshi maxsus guruhi (SNMCMG1) qatnashadi, deyiladi xabarda. Mashg‘ulotlarga jami 5 ming nafar harbiy jalb etilgan.

«Mashg‘ulotlarda dengiz yo‘llari va muhim infratuzilmalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ham ko‘nikmalar oshiriladi», — deyiladi Finlyandiya MV xabarida.

Kiritildi: 13:12 24.11.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!