NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Belgiya mudofaa vaziri Teo Franken bilan Belgiya havo hududida uchuvchisiz uchoqlarni ko‘rish soni ortib borayotgani yuzasidan muzokara o‘tkazdi. Muhokama davomida Ryutte Frankenni alyans ushbu tahdidga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligiga ishontirdi.
Bu haqda NATO matbuot xizmati xabar berdi.
"NATO ittifoqchilari ushbu chaqiruvga javob berish uchun zarur yordam ko‘rsatmoqda", — deyiladi bayonotda.
4 noyabr kuni Bryussel va Lyej aeroportlari yaqinida aniqlangan noma’lum dronlar bilan bog‘liq bir qator hodisalardan so‘ng Belgiya havo hududini yopdi. Natijada, reyslar boshqa aeroportlarga, jumladan Germaniyaning Kyoln va Niderlandiyaning Maastrixt shaharlariga yo‘naltirildi.