Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Trampning Oval kabinetida shov-shuv! Taniqli farmasevtika rahbari hushidan ketdi

Trampning Oval kabinetida shov-shuv! Taniqli farmasevtika rahbari hushidan ketdi

Donald Tramp dori-darmon narxlari pasaytirilishi haqida bayonot berayotgan paytda bir erkak hushini yo‘qotdi.

Oval kabinetda dori ishlab chiqaruvchilar bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda AQSh prezidenti Donald Trampning orqasida turgan "Ozempic" ishlab chiqaruvchisi "Novo Nordisk" kompaniyasining top-menejeri Gordon Findli hushidan ketdi. Translyasiyani Fox News olib bordi.

Rasmiylar erkakka yordam berish uchun nutqni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Yiqilganidan keyin Tramp stol yonidagi o‘rnidan turdi. Doktor hushidan ketgan kishiga yordamga shoshildi.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt hushidan ketgan farmasevtika kompaniyasi rahbari bilan "hammasi joyida" ekanini aytdi.

"Novo Nordisk" kompaniyasi Ozempic, Rybelsus va Wegovy. preparatlarini ishlab chiqaradi.

Kiritildi: 23:59 06.11.2025. O'qildi: 936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!