Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Nasriddin Afandi latifalari»ni YUNESKO madaniy boyligi ro‘yxatiga kiritish taklif qilindi

A A A
«Nasriddin Afandi latifalari»ni YUNESKO madaniy boyligi ro‘yxatiga kiritish taklif qilindi

«Nasriddin Afandi latifalari»ni YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritish taklif qilindi. Bu haqda Tojikiston Madaniyat vazirligiga tayanib «Asia-Plus» xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu Tojikistonning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Turkiya bilan hamkorlikdagi tashabbusidir.

YUNESKO uchun tegishli hujjatlar Tojikiston Madaniyat va axborot ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan Tojikistonning YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Nasriddin Afandi yoki «Xo‘ja Nasriddin» XIII asrdan buyon O‘rta Osiyo, Yaqin Sharq, Xitoy, Kavkazorti va Bolqonda tarqalgan latifalar, rivoyatlar va ertaklardagi hajviy personajdir.

Uning mavjud bo‘lgani yoki yo‘qligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, ammo tarixchilar va yilnomachilarda Nasriddin Afandining kelib chiqishi borasida bir nechta taxminlar mavjud. Ulardan biriga ko‘ra, Nasriddin Afandining vatani Buxoro deyilsa, boshqasida u Xitoyda tug‘ilgani aytiladi. Ammo bularning barchasi ayrim mamlakatlarda uning sharafiga yodgorlik o‘rnatilishiga xalaqit bermadi.

Kiritildi: 10:58 10.07.2020. O'qildi: 3765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!