«Nasaf» asosiy tarkibning yana bir futbolchisi bilan kelishuvni uzaytirdi.
O‘zbekiston milliy jamoasining 26 yoshli char qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayev 2025 yilda ham Qarshi klubida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Nasrullayev «Nasaf» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U o‘tgan mavsumda 21 o‘yinda 2 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi, jamoasi bilan Superliga chempionligi va O‘zbekiston Superbogini qo‘lga kiritdi.