Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

NASA hayot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan sayyorani aniqladi

A A A
NASA hayot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan sayyorani aniqladi

Janubiy osmonda birinchi yilgi kuzatuvlarini yakunlagach, NASA Yerdan bor yo‘g‘i 31 yorug‘lik yili uzoqlikdagi yangi ekzosayyoralarni topdi.

Bizning Quyosh tizimdan tashqarida joylashgan bu sayyoralar GJ 357 deb ataluvchi yulduz orbitasida aylanadi. Bu yulduz bizning quyoshdan 40 foizga sovuqroq bo‘lib massasining uchdan bir qismiga teng. Bu yulduz atrofida aylanuvchi uch ekzosayyora haqidagi tadqiqot «Astranomy & Astrophysics» jurnalida shu hafta e’lon qilindi.

Uch sayyoradan kashf qilingan birinchisi GJ 357 b deb ataldi.

Bu sayyora yerdan 22 foizga kattaroq va 80 foizga og‘irroq. Sayyora o‘z yulduziga Merkuriyning Yerga yaqinligidan 11 marta yaqinroq. Bu sayyorani tadqiqotchilar «issiq yer» deb atadi. O‘rtacha harorat +254,444 gardusni tashkil etadi. U o‘z yulduzini 3,9 kunda aylanib chiqadi. Shu sababli ham sayyorada hayot mavjudligi haqiqatdan ancha yiroq.

GJ 357 yulduzi tizimida aniqlangan yana bir sayyora GJ 357 d deb ataldi va u yerdan 6 karra og‘irroq. Bu sayyora xususida eng qiziqarlisi shuki, u o‘z yulduzi atrofida shunday masofada aylanadiki sayyoradagi harorat uning yuzasidagi suv uchun qulaydir. Muzlab qolmaydi, bug‘lanib ketmaydi ham.

«GJ 357 d tizimning eng chekkasida joylashgan bo‘lib Mars Quyoshdan qancha miqdorda energiya olsa u ham o‘z yulduzidan shuncha miqdorda energiya qabul qilib oladi » — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Diana Kosakovskiy. 

Sayyora o‘z yulduzini 55,7 kunda aylanib chiqadi va harorat -53,3333 gradus. Sayyora atmosfera uning yanda iliqroq bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Zich atmosferasi tufayli GJ 357 d sayyorasi xuddi Yerday o‘z yuzasida suvni saqlay oladi.

Yuqorida ma’lumot berilgan ikki sayyora o‘rtasida GJ 357 c sayyorasi joylashgan bo‘lib u yerdan 3,4 marta og‘irroq. O‘z yulduzini 9,1 kunda aylanib chiqadi. O‘rtacha harorat +126,667 gradusni tashkil etadi.

Kiritildi: 07:30 03.08.2019. O'qildi: 3217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!