Majburiy ijro byurosi Narpay tuman bo‘limining ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tumani sudining 2025 yil 20 iyun va 15 iyuldagi ijro varaqalariga asosan jinoyat ishi yuzasidan ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan, departamentning tuman bo‘limida saqlanayotgan 3034 dona jami 100 turdagi iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha 2025 yil 17 sentyabrda ijro tayinlanib, Narpay tumani hududida joylashgan markaziy chiqindixonasi hududida, MIBning Samarqand viloyat boshqarmasi, tegishli soha xodimlari hamda xolislar ishtirokida ijro hujjatida ko‘rsatilgan daliliy ashyo sifatida olingan mol-mulklar sindirish va qo‘mib tashlash yo‘li bilan yo‘q qilindi.