Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida katta miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Jumladan, Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 1985 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Urganch tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonida 4 kg 407 gr “opiy” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi va prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Boshqa holatda esa “Beruniy-Urganch” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Urganch tumanidagi “Cholish” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinada ketayotgan Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 2002 y.t., muqaddam narkojinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxsga tegishli 4 kg 541 gr “opiy” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozimki, har ikki holatda ham qonunbuzarlar Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan narkotik moddalarni Xorazm viloyatida mijozlarga sotib, mo‘may daromad topishni rejalashtirishgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:33. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!