Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Naomi Kempbellga xayriya vasiysi bo‘lish taqiqlandi

Naomi Kempbellga xayriya vasiysi bo‘lish taqiqlandi

Angliya va Uelsdagi xayriya komissiyasi supermodel Naomi Kempbellning "Fashion for Relief" xayriya tashkiloti tomonidan yig‘ilgan mablag‘larning noto‘g‘ri ishlatilishini tergov qilganidan so‘ng, unga besh yil davomida xayriya tashkiloti vasiysi sifatida ishlashni taqiqladi.

Bu haqda komissiyaning Buyuk Britaniya hukumati saytida chop etilgan hisobotida aytiladi.

Tergov shuni ko‘rsatdiki, Fashion for Relief 2016 yildan boshlab besh yil davomida bir qator moda namoyishlaridan taxminan 4,8 million funt sterling (6,4 million dollar) olgan. Qayd etilishicha, ulardan atigi 389 ming funt sterling (520 ming dollar) xayriyaga yo‘naltirilgan, qolgan daromad Kempbellning xayriya tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq shaxsiy ehtiyojlariga, jumladan, mehmonxona xonalari, aviachiptalar, kurort muolajalari va xizmatlar uchun to‘lovlarga yo‘naltirilgan.

Fashion for Relief bo‘yicha tergov 2021 yilda boshlangan. Jamg‘armaning qo‘shma tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etgan hamkorlari qonunbuzarliklar haqida xabar berishdi. Shunday qilib, Save the Children jamg‘armasi komissiyaga 2017 yilda o‘tkazilgan qo‘shma tadbirda bolalar ehtiyojlari uchun 450 ming yevro (501 ming dollar) yig‘ilgani, Kempbell tashkiloti atigi 225 ming funt sterling (301 ming dollar) to‘lagani haqidagi dalillarni taqdim etdi. Hisobotga ko‘ra, "Fashion for Relief" to‘lovga qodir emasligi sababli tugatilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:48. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!