Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Namangandagi qabristonlardan biri yonib ketdi

Namangandagi qabristonlardan biri yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi "Mavlono" qabristoni yoqib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bugun, 16 may kuni soat 14:56 da Yangi Namangan tumani FVBga «Istiqbol» MFY Ko‘zgu ko‘chasida joylashgan «Mavlono» qabristonida yong‘in yuz bergani haqida xabar tushgan.

Xabarga asosan hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:09 da yetib borib, soat 15:29 da alangani bartaraf etgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatda qabriston hududining 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan.

Kiritildi: 21:08 16.05.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!