Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Namangandagi parkda 18 yoshli qutqaruvchi qiz halok bo‘ldi

Namangandagi parkda 18 yoshli qutqaruvchi qiz halok bo‘ldi

Namangandagi ko‘ngilochar istirohat bog‘ida 18 yoshli qiz attraksionda olgan tan jarohati tufayli vafot etdi.

Bosh prokuraturaning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, voqea 30 sentyabr kuni soat 15:40 larda sodir bo‘lgan. Istirohat bog‘ida qurilishi to‘liq bitkazilmagan «Spin block» attraksionida test sinovi o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Elya Xalikova sinov tariqasida harakatlantirilayotgan attraksionga ruxsatsiz chiqib olgan.

So‘ng o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida ushbu attraksionning temir truba qismiga urilishi natijasida olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlarida Elya Xalikova «Namangan Istiqlol bog‘i» MCHJga qarashli bo‘lgan ko‘ngilochar bog‘ida 2019 yilning 1 avgustidan beri qutqaruvchi vazifasida ishlab kelganligi va uning asosiy ish joyi ko‘ngilochar bog‘da joylashgan «akva park» suv havzasida bo‘lganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:41 02.10.2019. O'qildi: 4621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!