Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda o‘tkazilayotgan Xalqaro gullar festivali doirasida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi

A A A
Namanganda o‘tkazilayotgan Xalqaro gullar festivali doirasida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi

Mazkur festivalni ko‘tarinki shukuhda o‘tkazish, uni mahalliy, markaziy va xorijiy OAVlarida yuqori saviyada yoritish hamda bayram tadbirlarini keng miqyosda targ‘ib etish bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi.

Ushbu anjumanni viloyat hokimining matbuot kotibi Farhod Mamadaliyev olib bordi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi rahbari Olimjon O‘sarov ishtirok etib, festival doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar dasturi haqida jurnalistlarga batafsil ma’lumot berdilar.

Festival doirasida xorij va mahalliy gulchilar ishtirokida mahorat darslari, sayllar, san’at ustalarining zamonaviy, kreativ usulda sahnalashtirilgan dasturlari, Farg‘ona vodiysi modalar haftaligi, Simfonik orkestr yeonserti, Rus akademik drama teatri spektakl namoyishlari va boshqa tadbirlar xaqida axborot berilib, OAV vakillari bilan muloqot o‘tkazildi, ko‘plab savollariga javob berildi.

Matbuot anjumani davomida viloyatimizning bir qator jurnalistlariga O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasining tashakkurnomasi va uyushmaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Kiritildi: 20:46 22.05.2022. O'qildi: 2663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!