Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Namanganda tormozi nosoz avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Namanganda tormozi nosoz avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi


🚨 Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 04:30 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 250-kilometrida haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan J.A. "Isuzu" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan va o‘zidan oldinda bo‘lgan haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan Q.U. boshqaruvidagi "Isuzu" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan va qarama-qarshi oqimni ajratib turuvchi to‘siqqa urilib ag‘darilgan.

🔹Natijada, haydovchi J.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lib, qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.

Kiritildi: 22:10 10.09.2021. O'qildi: 2742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!