Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Namanganda ta’lim xodimlariga majburiy chipta sotgan rasmiy jazolandi

Namanganda ta’lim xodimlariga majburiy chipta sotgan rasmiy jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda uyushtirilayotgan bayram konsertiga Namangan tumanidagi maktab va davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlariga majburiy ravishda chipta sotilayotgani iddao qilingan xabar tarqalgan edi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati, bergan ma’lumotga ko‘ra, holat yuzasidan tezkor ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilgan.

«Jarayonda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiptalar sotilgani aniqlandi. MMTB xodimiga «Xayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi umumta’lim muassasalarida majburiy, asossiz va qonunga zid ravishda har qanday pul mablag‘lari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligini bildiradi.

Hozirda ta’lim muassasalari xodimlariga pullari qaytarib berildi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Kiritildi: 14:02 22.12.2024. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!