Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ydi

Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanida oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani, biroq unga birinchi yordam qilinmay, 3-4 soat qarovsiz ushlab turilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 aprel kuni Pop tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.M. ismli 1994 yilda tug‘ilgan ayol voyaga yetmagan 1,5 yoshli qiz farzandi (2023 yilning noyabr oyida tug‘ilgan) ni vaqtincha parvarish uchun S.S.ga topshirgan. Ma’lum vaqtdan so‘ng, farzandini olgani kelganida bolaning oyog‘i kuyganidan xabar topgan.

Ayol farzandini shifokorga olib borib, bolaga ayni kuygan payti zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilmagani ma’lum bo‘lgan va shu tufayli ona va S.S. o‘rtasida nizo yuzaga kelgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:02 25.04.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!